AvtoVAZ Lada Niva «Marsh» amfibiya modelini yana ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Lada Niva «Marsh» — «Niva»ning maxsus modifikatsiyasi bo‘lib, yo‘llar tugaydigan joylarda ham yurishga mo‘ljallangan. Uni ilk bor suv havzasida namoyish qilishgan — mashina suvda turib yurish qobiliyatini ko‘rsatgan. Gigant past bosimli g‘ildiraklari tufayli «Marsh» haqiqatan ham suzishga qodir.
Bundan tashqari, uning g‘ildiraklari yerga deyarli bosim o‘tkazmaydi, u bemalol botqoqlik, qum, qor ustidan harakatlana oladi. Shinalardagi bosim kabinadan turib boshqariladi. Shu sababli bu texnikani geologlar, gaz qazib oluvchilar va energetiklar ishlatishadi — vertolyot qimmat, g‘ildirakli texnika esa bunday vaziyatlarda eng maqbul variant...