Donald Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bu safargi muloqot fevral oyidagi sovuqroq uchrashuvdan farqli ravishda iliqroq ruhda kechgan bo‘lsa-da, unday katta kelishuvlar sodir bo‘lmadi. Quyida Tramp va Zelenskiy uchrashuvidagi eng ahamiyatli jihatlarni sanab o‘tamiz.
Zelenskiy uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rib keldi
Amerika nashrlari Zelenskiyning uchrashuv kiyimiga alohida e’tibor qaratdi. Chunki avvalgi uchrashuvlarda uning oddiy kiyimi tanqid qilingandi. Bundan tashqari, uning ko‘rinishi uchrashuv ruhini belgilashi alohida tilga olindi. Chunki Oq uy uchrashuvdan oldin Zelenskiy rasmiy kiyimda kelish-kelmasligini ham so‘rab olgan.
Mutaxassislarning fikricha, Zelenskiy bu safargi uchrashuvga jiddiyroq tayyorlangan: u rasmiy kostyum kiyib...