21-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,8 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23 foizni ko‘rsatmoqda.
14-iyul holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 35,4 foizni tashkil etgandi.
Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
«TBC bank» – 40,5%; «Hayot bank» – 40%; «Anor bank» – 39,9%; «Tenge bank» – 39,8%; «Apex bank» – 39,7%.Eng...