«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 14-iyuldan 18-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,64 foizga oshdi.
«Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 17,20 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Ipoteka-bank» (+5,56%) va «O‘zbektelekom»ning oddiy (+5,38%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari 24,15 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «Trastbank» (-5,63%) va «O‘zbektelekom»ning imtiyozli aksiyalari (-4,89%) ham pasayish bilan ajralib turdi.
Faqat «Aloqabank», «Ipoteka-bank»ning imtiyozli aksiyalari va «O‘zmetkombinat» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (488 ta), «O‘zRTXB» (415 ta) va «Aloqabank...