Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasining sun’iy yoʻldosh internet xizmati Starlink Oʻzbekistonda 2026-yildan boshlab ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda servisning rasmiy saytida ma’lumot paydo boʻldi.
Dastlab kompaniya Oʻzbekiston bozoriga 2023-yilda kirishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik muddat 2025-yilga surildi, endi esa yana bir yilga kechiktirildi.
SpaceX bundan oldin 2022-yilda Oʻzbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan. Shuningdek, «Oʻzbekkosmos» taklifi qabul qilinsa, 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi Toshkentda oʻtkazilishi va Ilon Mask ham tadbirga tashrif buyurishi ehtimoli bor.
Qozogʻistonda esa Starlink allaqachon ishga tushdi. Xizmat 2025-yil 13-avgustdan boshlab butun mamlakat boʻylab ochildi. Ungacha u faqat sinov tariqasida ishlagan va tezkor internetdan...