AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenni tuhmat uchun sudga berishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xanter Melaniyani Tramp bilan moliyachi Jeffri Epshteyn tanishtirganini aytgan. Melaniyaning advokatlari bu gaplarni «yolg‘on, obro‘ga putur yetkazuvchi va tuhmat» deb atadi. Bayden bu fikrni shu oyda bergan intervyusida aytgan va o‘z so‘zidan qaytmasligini bildirgan.
Melaniyaning advokatlari Baydenni gaplarini qaytarib olish va uzr so‘rashga chaqirdi, aks holda sud orqali bir milliard dollardan ortiq miqdorda tovon puli undirilishi aytildi. Ularning fikricha, bu bayonot Melaniyaga moliyaviy va obro‘ jihatdan katta zarar yetkazgan.
Bayden suhbatda Epshteyn haqidagi hali e’lon qilinmagan hujjatlar Trampni...