2025-yilning birinchi yarmida BYD Formula Leopard 5 Xitoyda eng ko‘p sotilgan gibrid avtomobilga aylandi. Ushbu modelning savdosi 300 ming donaga yetdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Xitoyda Fang cheng bao Bao 5 nomi bilan ham tanilgan o‘rta o‘lchamli model DMO Super Hybrid platformasida yaratilgan. U 1,5 litrli ichki yonuv dvigateli va ikki elektromotordan iborat, umumiy quvvati 505 kVt, aylanish momenti 760 N·m. 0–100 km/soat tezlashish 4,8 soniya, kombinasiyalangan yurish masofasi 1200 km.
2025-yil fevralida taqdim etilgan «aqlli» versiyada tomda lidar, ko‘zgularda ko‘k aksentlar va sun’iy intellekt asosidagi ovozli yordamchi mavjud. Avtomobil HUAWEI HiCar qo‘llovchi eksklyuziv panel, 5 ta ekran...