Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.
«Mamlakatimizda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi» , deyiladi xabarda.
Mazkur farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev 9-may...