UzAuto Motors Powertrain korxonasini vaqtinchalik boshqarib kelgan Saidazim G‘ulomov rasman bosh direktor lavozimiga tasdiqlandi.
G‘ulomov 2023-yil oxirida bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. Shu davr mobaynida barcha rahbarlik vakolatlarini amalga oshirib kelgan.
U 2016 – 2021-yillar davomida ham UzAuto Motors Powertrain korxonasini boshqargan va avtomobil sanoati sohasida katta tajribaga ega. Keyinchalik uning o‘rnini shved mutaxassisi Bu Anderson egallagan.
Joriy yil boshida Bu Anderson UzAuto Motors hamda UzAuto Motors Powertrain’dagi barcha lavozimlardan ketgani haqida rasmiy xabar berilgandi. Uning ketishi ortidan kompaniya rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar yuz bergan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangani...