Kambodja bosh vaziri Hun Manet AQSh prezidenti Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
U Trampning Kambodja va Tailand o‘rtasidagi chegara mojarosini to‘xtatishdagi «favqulodda diplomatik mahoratini» e’tirof etdi.
Manetning aytishicha, 26-iyul kuni Tramp ikki davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilib, so‘nggi yillarda eng og‘ir to‘qnashuvlardan biriga chek qo‘yishga yordam bergan. Bu muzokaralar 28-iyulda Malayziyada sulh bitimiga olib kelgan. Mojaro davomida 43 kishi halok bo‘lib, 300 mingdan ziyod odamlar uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Kambodja vitse-prezidenti o‘tgan hafta bu reja haqida aytgan va Trampga AQShning Kambodja importiga soliqni 49 foizdan 19 foizga...