Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida migrantlarning taksida ishlashiga doir taqiq kuchga kirganidan so‘ng shaharda taksi xizmatlari narxlari 30 foizgacha oshdi. Bu haqda «Fontanka.ru» nashri o‘tkazgan monitoring natijalariga tayanib, xabar berdi.
Jurnalistlar «Yandeks Taksi» orqali bir xil yo‘nalishlarda safar narxlarini taqqoslaganda, ayrim yo‘nalishlarda farq 3,2 foizdan 32,5 foizgacha bo‘lgan. Masalan, Primorskiy tumaniga borish 761 rubl o‘rniga 1009 rublni tashkil etgan. Bu orada ayrim foydalanuvchilar ilovada Haydovchilar yetarli emas degan ogohlantirish xabarini olishgan.
«Yandeks Taksi» ma’muriyati ma’lum qilishicha, yangi taqiq sabab shaharda faol haydovchilar soni 12 foizga kamayadi. Bu 4 mingdan ortiq kishi ish joyini yo‘qotishi mumkin degani. Mutaxassislar esa bu holat shundoq...