Honor kompaniyasi yangi Honor X70 smartfonini iyul oyida taqdim etadi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Qurilma 6,79 dyuymli 1.5K aniqlikdagi tekis ekran bilan jihozlanadi. Asosiy e’tibor esa uning rekord darajadagi – 8300 mA⋅soatlik akkumulyatoriga qaratilgan. Bu hozirgi aksariyat smartfonlardan sezilarli darajada kuchliroq.
Smartfonda 80 vattli tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. 512 GB xotiraga ega versiyada esa qo‘shimcha sifatida simsiz zaryadlash ham bo‘ladi. Honor X70 Snapdragon 6 Gen4 protsessori asosida ishlaydi va kundalik ishlarda yetarli unumdorlikni taqdim etadi.
Qurilma qalinligi bor-yo‘g‘i 7,7 mm, og‘irligi esa 193 gramm bo‘ladi. Simsiz zaryadlashli versiya biroz og‘irroq 199 gramm va 7,9 mm qalinlikda taqdim...