Xitoyda Chery kompaniyasining yangi biznes-klassdagi Chery Fulwin A9L sedanining savdosi boshlandi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Mashina katta o‘lchamlari, zamonaviy texnologiyalari va kuchli texnik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Uning uzunligi 5018 mm, eni 1965 mm, g‘ildirak bazasi esa 3000 mmni tashkil etadi.
Avtomobilning eng kuchli versiyasi ikki elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, jami 639 ot kuchini taqdim etadi. U to‘liq yuritishga ega. Barcha versiyalar Kunpeng Super Hybrid CDM 6.0 tizimiga asoslangan. 1,5 litrli dvigatel va elektromotor birgalikda ishlaydi. Sodda versiyada bitta elektromotor mavjud. U ham 374 ot kuchini taqdim etadi. Bu Toyota Camry, Honda Accord yoki Kia K...