O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki alohida yutuqlarga erishgan talabalar turarjoylariga ustuvorlik asosida joylashtiriladi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar yotoqxonalarga birinchi navbatda qabul qilinadi:
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, yetimlar hamda ota-onasining g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan talabalar; Ijtimoiy himoya yagona reyestri, «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlari; I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; Bir oiladan ikki yoki undan ortiq shartnoma asosida o‘qiyotgan kunduzgi bo‘lim talabalari; Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari; «Zakovat» intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari; Yotoqxonada qavat sardori yoki talabalar kengashi raisi sifatida...