Telegram foydalanuvchilari uchun navbatdagi katta yangilanishni taqdim etdi. Endi messenjerda global ommaviy postlar qidiruvi, hikoyalarni albomlarga saralash, hadyalarni kolleksiyalarga tartiblash va zamonaviy botlarni boshqarish tizimi kabi qulay funksiyalar paydo bo‘ldi.
Postlarni butun Telegram bo‘ylab izlash mumkin
Telegram Premium foydalanuvchilari endi ommaviy kanallardagi postlarni global tarzda izlay olishadi. Qidiruv oynasiga «Postlar» bo‘limi qo‘shilib, turli mavzulardagi e’lonlarni tezkor va xavfsiz tarzda topish imkoniyati yaratilgan.
Hikoyalarni albomlarga birlashtirish imkoniyati
Foydalanuvchilar o‘z profillarida sayohatlar, kundalik voqealar yoki maxsus suratlarni mavzular bo‘yicha albom shaklida jamlay oladi. Mazkur imkoniyat blogerlar va bizneslar uchun ham ayni muddao – ular mahsulotlar yoki kontentlarni osonlikcha guruhlab...