Sobiq AQSh prezidenti Jo Baydenga agressiv prostata saratoni tashxisi qo‘yildi. Urologik tekshiruvlar natijasida shifokorlar saraton suyaklarga tarqalganini aniqlashdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Unga ko‘ra, Bayden 82 yoshda bo‘lib, hozirda davolanish usullarini shifokorlari bilan muhokama qilmoqda. Tashxis Gleason ballari bo‘yicha 9 darajada baholangan – bu eng xavfli va og‘ir shakl hisoblanadi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, saraton gormonga sezgir bo‘lgani sababli, bu kasallikni davolashda zamonaviy gormonal va kimyoviy muolajalar samarali bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar bemor uzoq va sifatli umr ko‘rishi uchun imkoniyatlar borligini aytishmoqda.
Jo Bayden uchun bu kasallik shaxsiy ahamiyatga ega, chunki uning o‘g‘li Bo Bayden 2015-yilda miya saratonidan vafot etgan edi. Prezidentlik...