O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva xalqaro OncoDaily platformasi tomonidan e’lon qilingan «Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda platformaning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Ushbu reyting saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha global kun tartibini belgilovchi yetakchi ayollarni o‘z ichiga oladi.
Ziroat Mirziyoyeva — «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi sifatida bolalar onkologiyasini rivojlantirish, erta tashxis va davolash tashabbuslarini ilgari surish hamda og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Mutaxassislar uning bolalar onkologiyasi yo‘nalishidagi global harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyatini alohida e’tirof etishgan. 2025-yil sentabr oyida Ziroat Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi...