Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasi ochilishi bilan qutladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi prezidenti Key Vi Shrinavasan va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi prezidenti Chem Altan janoblariga ham minnatdorchilik bildirildi.
Prezident Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan qo‘shma konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonga nisbatan «paxta boykoti» bekor qilingani, sohaga yangi texnologiyalar yordamida paxta tolasini qayta ishlash 2017-yildagi 40 foizdan 100 foizga yetgani va bu orqali to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 barobar, eksporti esa 4 karra oshgani haqida alohida ta’kidladi.
Shuningdek, avval sohada eksportning 70 foizi xomashyo...