1-iyul kuni respublika hududida havo harorati kechasi 12–27°, kunduzi 25–42° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
1-iyul kuni respublika hududida havo harorati kechasi 12–27°, kunduzi 25–42° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonga 3,1 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 46,4 foizga ko‘p, ya’ni 987,9 ming nafarga oshgan.
Eng ko‘p sayyohlar Qirg‘iziston (942,2 ming), Tojikiston (793,9 ming) va Qozog‘istondan (617,2 ming) kelgan. Shuningdek, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Italiyadan ham minglab sayyohlar kelgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil davomida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi firmalar soni 14 foizga oshgan edi.
«Soyuzmultfilm» kinostudiyasi «Chebubu» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi. Bu haqda «RIA Novosti» Rospatent bazasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ariza 27-iyun kuni topshirilgan. Unda kompaniya bu nom ostida bolalar kosmetikasi, o‘yinchoqlar, kanselyariya buyumlari va musiqiy asboblar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirayotgani ko‘rsatilgan. Umumiy hisobda brend 45 xil mahsulot toifasini qamrab oladi.
Mutaxassislarning fikricha, katta mediastudiyalar uchun bir vaqtning o‘zida keng toifadagi mahsulotlar bo‘yicha savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish odatiy strategiyadir. Bu qadam brend nomini oldindan himoya qilishga va kelajakda uni turli yo‘nalishlarda – multfilmlardan tortib to merch va raqamli mahsulotlargacha – rivojlantirish imkonini beradi.
Ayrim mutaxassislar «Chebubu» nomi mashhur...
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors AJning yong‘in va xavfsizlik tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat xaridi bir xil manzilli qatnashchilar ishtirokida o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Aksiyadorlik jamiyati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Kompaniya bu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raldi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha rasmiy axborot berilishi aytildi, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi chorakda UzAuto Motors’ning foydasi ikki baravardan ko‘proqqa kamaygani haqida xabar bergan edik.
2025-yilda chigirtka tarqalishi mumkin bo‘lgan maydon mamlakat bo‘ylab 608 ming gektardan oshishi mumkin. Bu haqda EastFruit o‘z prognozini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda chigirtka bosqiniga qarshi monitoring va kimyoviy kurash bo‘yicha faol choralar davom etmoqda.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar zararli hasharotlar populyatsiyasi 923,6 ming gektar maydonda o‘rganilib, shundan 552,5 ming gektarida chigirtka tarqalishi aniqlangan. Zarar ko‘rgan maydonlarning 542,9 ming gektarida kimyoviy ishlov berildi.
Asosiy ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida olib borilmoqda. Bu yerda mutaxassislar saksovul bukur chigirtkasi bilan zararlangan maydonlarga ishlov bermoqda.
Chigirtka va tut qurti bilan kurashish...
«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 23-iyundan 27-iyungacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,24 foizga yuqoriladi.
«O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 5,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Ipoteka-bank» (+3,60%), UzAuto Motors (3,44%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «O‘zbekinvest» aksiyalari 9,02 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «O‘zRTXB» ( – 4,61 foiz), «Ipak yo‘li» (5,09 foiz) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.
Boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, SQB va «Aloqabank» aksiyalarining narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (446 ta) va «Qizilqumsement» (405 ta...
Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli farmoniga binoan, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmati tizimlarida zamonaviy xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, bu tizimlar to‘liq raqamlashtiriladi va avtomatlashtiriladi. Xizmatlar endi elektron va proaktiv shaklda ko‘rsatiladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Raqamli g‘azna tizimi ishga tushadi.
2026-yil 1-dekabrdan esa «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali fuqarolar ish staji va maoshlariga qarab pensiya miqdorini oldindan bilishlari mumkin bo‘ladi. Barcha pensiya xizmatlari ham to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank va Omonatlarni kafolatlash agentligi bilan birgalikda sanatsiya qilish jamg‘armasini tashkil etishi haqida yozgan edik.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev jamoat joylarida yuzni tanib olishni qiyinlashtiradigan kiyim-kechaklarni kiyishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Kursiv Media ma’lum qildi.
Yangi tartib barcha fuqarolarga taalluqli bo‘lib, qonunda ko‘rsatilgan ayrim istisnolar bundan mustasno.
Qonunga ko‘ra, bunday kiyimlarni faqat qonuniy xizmat majburiyatlari, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitlaridan himoyalanish, fuqarolik mudofaasi, sport yoki madaniy-ommaviy tadbirlarda ishtirok etish uchun kiyishga ruxsat etiladi.
«Jamoat joylarida shaxsni tanib olishga to‘sqinlik qiladigan kiyim-kechaklarni kiyish taqiqlanadi», – deyiladi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan tuzatmalarda.
Mazkur o‘zgartirishlar Qozog‘iston qonunchiligini huquqni muhofaza qilish tizimi va xavfsizlik organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli...
Toshkentda terrorizm va Termizni raketa bilan o‘qqa tutishda ayblangan qashqadaryolik Obid Saparov ustidan sud jarayoni yakunlandi. Yakkasaroy tumani sudi uni umumiy tartibli koloniyada 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Saparov 2025-yil yanvar oyida Pokistonda qo‘lga olingan va keyinchalik O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 2013-yilda Saparov O‘zbekistonda taqiqlangan radikal guruhlarga – avval «Turkiston islomiy harakati»ga, keyin esa «Islom davlati»ning Afg‘oniston bo‘limiga qo‘shilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Shahrisabz tumanida yashirin guruh tuzib, yig‘ilishlar o‘tkazgan va jihod g‘oyalarini targ‘ib qilgan.
Keyinchalik u O‘zbekistondan chiqib, Pokistonning Vaziriston hududiga o‘tib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. So‘ngra Afg‘oniston va Pokistondagi jangovar harakatlarda qatnashgan.
2016-yildan 2024-yilgacha...
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisini bosqichma-bosqich naqdsiz shaklga o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
«Bugungi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlarining ko‘pi naqd pulda yoki turli to‘lov servislari orqali amalga oshiriladi, bu esa nazoratni qiyinlashtiradi va norasmiy hisobotga olib keladi. Yangi tartib esa barcha operatsiyalarni qonun doirasida banklar orqali amalga oshirishni nazarda tutadi», – dedi Mirzayev.
Loyihada asosiy e’tibor naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va ish haqi to‘lovlarini legallashtirishga qaratilgan.
Qaror loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan va Prezident Administratsiyasiga...
Iyun oyi davomida dollar kursi O‘zbekistonda sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Oy boshida dollar kursi yuqori ko‘rsatkichlar bilan boshlangan bo‘lsa, o‘rtalariga kelib pasayish kuzatildi. Oy oxirida esa dollar yana o‘sish trendiga qaytdi.
2-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 834,61 so‘mga teng edi. Keyingi ikki kun ichida kurs 12 857,35 so‘mgacha ko‘tarilib, 4-iyunda esa 12 831,81 so‘mni tashkil etdi. 5-iyun kuni esa dollar 12 777,52 so‘mga pasaydi.
9-iyunda dollar kursi 12 712,05 so‘mga tushgan bo‘lsa, 10-iyun kuni 12 674,37 so‘mga pasaydi. Eng past ko‘rsatkich 11-iyunda qayd etildi – 12 646,56 so‘m. 12-iyun kuni esa dollar...
Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, «Iqtidor» maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’ati maktablarida bepul o‘qitiladi.
Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun «Turon» teatri, «Iqtidor ansambli», «Jadidlar izidan» kabi tanlovlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi.
Endilikda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, o‘z chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va san’atga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari ularga bittadan avtobus olib beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilda «AI study» platformasi orqali 100 ming yosh sun’iy intellektni o‘rganishi haqida...
Maydan-Vardak va Logar viloyatlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida kamida 4 kishi, jumladan, 3 nafar bola halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi. Mahalliy hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, yuzlab oilalar xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Bu haqda Tolo news nashri ma’lum qildi.
Maydon Vardak tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi rahbari Fayzulloh Jaloliyning so‘zlariga ko‘ra, Nirx tumanida bir kishi halok bo‘lgan, yo‘llar to‘silib qolgan, 100 ga yaqin chorva nobud bo‘lgan. Logarda esa Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Nurulloh Mahmud 2 ming oilaga oziq-ovqat tarqatilgani, hozirda yana 126 ta oilaga yordam ko‘rsatilayotganini bildirdi.
Jabrlangan aholi vakillari gumanitar tashkilotlardan chodir, oziq-ovqat va boshqa zarur buyumlar...
«Soliq» mobil ilovasi orqali qimmatbaho metallar va toshlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi. Bu haqda prezidentning zargarlik sohasiga doir qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
Xususan, qimmatbaho metallar va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar aylanmasini qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilishga oid imtiyoz, shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im bekor qilinadi.
Shu bilan birga, 2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga har oyda ularning QQSning 80 foizi avtomatik tarzda respublika budjetidan qaytariladi.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab esa bir qator yangiliklar...
Zargarlik sohasini davlat tomonidan yanada rag‘batlantirish va rasmiy sektorga jalb qilish maqsadida sohaga oid prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qayta ishlash hajmini yiliga yetti tonnaga, zargarlik buyumlari eksportini esa $300 millionga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ushbu sohadagi norasmiy aylanish hajmini kamida 50 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Qarorga ko‘ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar joriy qilinadi. Xususan, qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan xarid qilganda, 90 kun ichida to‘lov amalga oshirilsa, foiz hisoblanmaydi. 91-kundan 180-kungacha bo‘lgan muddatda to‘langan summa uchun esa yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.
Zargarlik markazlarida «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va Davlat asillik...
O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyun kuni dollar kursi 40,84 so‘mga yuqorilab, 12 694,97 so‘m qilib belgilandi.
Oldingi kurs (27-iyun): 12 654,13; Yangi kurs: 12 694,97; O‘zgarish: +40,84 so‘m.16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi. 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga yuqorilab, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi. 24-iyun kuni dollar kursi 12 456,25 so‘mga chiqdi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 60,51 so‘mga oshib, 14 878,50 so‘mni, rubl esa...
Shu yilning o‘zida «AI study» platformasi orqali kamida 100 ming yosh sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetika ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek qadriyatlari va madaniyatini o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modeli ishlab chiqilishi boshlanganini e’lon qildi. Bu loyiha tarix va zamonaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreaktiv g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tizim samarali bo‘lishi uchun BAA bilan hamkorlikda «Bir million sun’iy intellekt yetakchilari» dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Shu yilning o‘zida «AI study» platformasi orqali kamida...
Xitoyda Volvo XC60 benzinli versiyasining narxi keskin arzonlashdi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
1-iyun kuni taqdim etilgan model dastlab $55,2 mingdan $66 minggacha bo‘lgan besh xil komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan edi. Oradan bir necha hafta o‘tib, mashina hozir 35,56 mingdan $45,33 minggacha taklif qilinmoqda.
Narx tushishiga sabab sifatida Volvo XC60 T8 nomli gibrid versiyasining Xitoy bozoriga chiqishi ko‘rsatilmoqda.
Shu munosabat bilan faqat benzinli versiyalar uchun katta chegirmalar e’lon qilindi.
Aslida, benzinli XC60 ham «yumshoq» gibrid hisoblanadi. Unda 2,0 litrli turbomotor 48 voltli starter-generator bilan birga ishlaydi. Dvigatel quvvati 250 ot kuchiga teng bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomatik uzatma...
Markaziy bank va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 2025-yil yanvar – fevral oylarida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning qariyb 39 foizi o‘tgan bir yil ichida pul jamg‘ara olmagan. Bu haqda Markaziy bank sahifasida ma’lum qilindi.
Tadqiqot 6 ta hududda 1,2 ming nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lib, unga qo‘shimcha ravishda 198 kishidan iborat fokus-guruhlar ham jalb qilingan.
Pul jamg‘ara olmaganlar orasida 60 yoshdan oshganlarning ulushi 47 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yoshlar orasida bu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil etdi. Erkaklar orasida pul jamg‘arolmaganlar 37 foizni, ayollar orasida esa 41 foizni tashkil etdi.
So‘rov qatnashchilarining 30 foizi o‘tgan yili qarz olganini bildirgan, ammo...
O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari, texnikum va oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ikkita alohida dasturni joriy etdi. Bu haqda prezident yoshlar bilan uchrashuv chog’ida ma’lum qildi.
Mazkur tashabbuslarni moliyalashtirish uchun Aloqabank va Milliy bankka jami $300 million yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar doirasida «Yoshlar biznesi» dasturi orqali 100 ming nafar yoshlarga, «Kelajakka qadam» dasturi orqali esa 140 ming nafar oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga daromadli ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
Bundan tashqari, Bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Milliy bank hamkorligida oliygoh, texnikum va kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘lovchi maxsus onlayn platforma ishga tushiriladi.
Shuningdek, Bandlik, Maktab...
Endilikda banklar Top – 300 talik oliygohga kirgan yoshlarga $20 minggacha imtiyozli ta’lim krediti beradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yil umumiy qiymati $35 mlrd bo‘lgan 8 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, yana 500 ming ish o‘rni yaratadigan, qiymati $83 mlrd bo‘lgan yangi loyihalar ham rejalashtirilgan. Masalan, energetika sohasida $20 mlrd, neft-gaz va kimyo sohasida $11 mlrd, tog‘-kon sanoatida $7 mlrd, elektrotexnika va avtomobilsozlikda $4,5 mlrd qiymatidagi minglab korxonalar ish boshlaydi.
«Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreaktiv fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar...
Huawei kompaniyasi tomonidan Xitoyda yangi Huawei Pura 80 Ultra smartfoni savdoga chiqarildi. Bu haqda Mobile-Review xabar bermoqda.
Qurilma 16 GB tezkor xotira bilan, 512 GB yoki 1 TB ichki xotirali ikki xil versiyada taqdim etilgan.
Smartfon 5700 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 100 Vt tezkor zaryadlashni va 80 Vt quvvatdagi simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning 6,8 dyuymli OLED ekrani 120 Gs yangilanish tezligi va 3000 nit yorqinlikka ega. Qurilma Kirin 9020 protsessori asosida ishlaydi.
Huawei Pura 80 Ultra ilg‘or kamera tizimi bilan ajralib turadi. Unda 50 MP, 50 MP va 40 MP dan iborat uchta kamera sensori mavjud...
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili O‘zbekiston yoshlari xalqaro Top – 500 oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha mintaqada 1-o‘rinni egallaganini alohida ta’kidladi. Bu haqda u yoshlar bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ilk bor bilimli yoshlar dunyodagi eng nufuzli — Top – 5 talik oliygohlarga qabul qilinib, tarixiy yutuqqa erishdi.
Bugungi kunda 30 nafar o‘zbekistonlik yosh dunyoning Top – 10 oliygohlarida, 500 nafari Top – 100 talikda, yana 1 ming 500 nafari esa Top – 300 talik oliy ta’lim muassasalarida tahsil olyapti.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan shu kungacha 325 ming nafar yosh IT yo‘nalishida ta’lim olgani haqida xabar bergan edi.
Hozirda O‘zbekistonda 15 mingga yaqin o‘quv markazi va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Ularga yuzdan ortiq imtiyozlar berilgan.
«Bu ishlar «kampaniyabozlik» bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur», degan Shavkat Mirziyoyev.
«Garvardchilar» maktabi endilikda Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyat boshladi. Bu yil mazkur maktabga 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olinadi va ular uch yo‘nalishda tahsil oladi. Kelgusida o‘rinlar soni ko‘paytiriladi.
Har yili milliy dastur asosida eng salohiyatli 3 ming nafar o‘quvchi tanlab olinadi va...