Qoraqalpog‘istonda joylashgan «Surgil» siquv kompressor stansiyasini (SKS) qurish loyihasining umumiy qurilish va montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Enter Engineering matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Stansiya Surgil konidan olinayotgan tabiiy gaz bosimini oshirib, uni qayta ishlash uchun Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga yuborishga xizmat qiladi. Bu yerda gaz tarkibidan ajratilgan qimmatbaho komponentlar asosida polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Yillik quvvati 1,8 mlrd metr kub gazni siqishga mo‘ljallangan mazkur stansiyada kuniga 4,8 mln metr kub gaz haydaladi. Stansiya tarkibiga Baker Hughes kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita parallel ishlaydigan gaz haydash agregati kiritilgan.
Hozirda gaz haydash agregatlarini ishga tushirish va sozlash ishlari olib borilmoqda...