Lynk & Co kompaniyasi yangi Lynk & Co Z20 elektromobillari liniyasini ikki yangi, budjetga mos variant bilan kengaytirdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
22-iyul kuni taqdim etilgan ushbu yangi modellar Fiji Green nomli yangi rangda bo‘lib, narxni tushirish uchun batareya sig‘imi va motor quvvatida biroz o‘zgarishlar qilingan.
Yangi modellar:
Z20 430 km Rear-Wheel Drive Plus — 109 900 yuan ($15 200); Z20 430 km Rear-Wheel Drive Pro — 118 900 yuan ($16 500).Texnik imkoniyatlar kamaygan bo‘lsa-da, avtomobilning dizayni o‘zgarmagan. The Next Day uslubidagi yashirin yomg‘ir oqava yo‘llari, romsiz eshiklar va oynalar saqlangan. Kuzov o‘lchamlari: 4460×1845×1573 mm, g‘ildiraklar bazasi...