Nothing kompaniyasi arzon narxdagi yangi aqlli soati – CMF Watch Pro 3ni taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.
Narxi bor-yo‘g‘i $99 bo‘lgan ushbu model dizaynini saqlab qolgan holda, funksiyalar bo‘yicha sezilarli yangilanishlar olgan.
Soat 1,43 dyuymli AMOLED ekran, Always On Display rejimi, 466×466 pikselli aniqlik va 650 nit yorqinlik bilan ta’minlangan. Ekran oldingi modellarga nisbatan 10% katta va 60 Hz yangilanish tezligiga ega. Uch xil rangda taklif etiladi: to‘q kulrang, och kulrang va to‘q sariq.
CMF Watch Pro 3 sport va sog‘liq funksiyalarida ham yangilanishlarga ega. Soat 5-kanalli GPS, 4-kanalli yurak urish sensor, SpO2 (qon kislorod...