Yandex Uzbekistan navigatsiya xizmatiga qo‘shimcha ravishda svetofor chiroqlarini real vaqtda xaritada ko‘rish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.
Ilk bosqich Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. Amir Temur shohko‘chasi, Tiklanish va Gulyor ko‘chalari kesishmasi kabi chorrahalarda Yandex Maps va Navigator foydalanuvchilari svetoforning aynan qaysi chirog‘i yonib turganini mobil qurilmalari orqali kuzatishlari mumkin.
Ushbu yangi yechim bilan haydovchilarga «yashil to‘lqin» orqali harakatlanish uchun optimal tezlik tavsiya qilinadi, tirbandliklar prognozi aniqroq bo‘ladi va taksining yetib kelish vaqti ham yanada ishonchli hisob-kitob qilinadi.
Shuningdek, teskari taymer funksiyasi ustida ham ish olib borilmoqda. Bu haydovchilarga harakatni qachon davom ettirish mumkinligini aniq ko‘rsatadi. Bu esa...