Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin GESlari atrofida tashkil etilayotgan sayyohlik loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uychida joylashgan 20 gektar yer maydonida sayilgoh, ko‘p qavatli uylar, sport maydonchalari, suzish havzalari, dam olish maskanlari va kemping zonalari barpo etiladi.
Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanidan 12 km masofada joylashgan Norin daryosi va 5 ta yirik kanal o‘zining tabiiy go‘zalligi, tiniq suvlari bilan turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.
Viloyat hokimi 30 gektarlik turistlar uchun mo‘ljallangan mega-loyiha taqdimotida qatnashib, qurilish ishlariga rasmiy start berdi. Loyihaga akvapark, dam olish kapsulalari, interaktiv attraksionlar, gullar bog‘i, amfiteatr, restoranlar va ko‘prikli...