2025-yilning birinchi yarmida Xitoyda Top – 100 talika kirgan brendlar tomonidan 7,2 mln dona avtomobil sotilgan. Shundan 4,5 mln donasi Xitoy brendlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xitoy avtomobil bozorida 2025-yilning yanvar – iyun oylarida eng ko‘p sotilgan model Geely Xingyuan bo‘ldi. Olti oyda bu modeldan 204,9 ming dona sotilgan.
Ikkinchi o‘rinni BYD Seagull egalladi. Yilning dastlabki yarmida 174,9 ming dona sotilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 4,8 foiz ko‘p.
O‘tgan yilgi yetakchi Tesla Model Y bu safar uchinchi o‘rinda qayd etildi. Olti oyda 171,9 ming dona sotilgan. Biroq bu o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga kam. Bunga raqobat kuchaygani sabab bo‘lishi...