Buick kompaniyasi tomonidan Xitoyda yangi avlod Electra E5 elektromobili rasman taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Yangi model uchta komplektatsiyada sotuvga chiqdi. Narxi 169 900 yuandan boshlanadi (taxminan $23 600). Maksimal yurish masofasi esa 620 kilometrga yetadi.
Yangi Electra E5 dizayni soddalashtirilgan, yopiq old panjara va trapetsiya shaklidagi pastki panjara bilan ishlab chiqilgan. Bu model o‘rta va yirik SUV toifasiga mansub bo‘lib, uzunligi 4892 mm, g‘ildirak bazasi esa 2954 mm.
Mashina GM konsernining Ultium 2.0 platformasida ishlab chiqilgan. U 180 kVt (241 ot kuchi) quvvatli elektromotor, 330 Nm aylanish momenti va 180 km/soat tezlikka ega. 0 dan...