Shimoliy Koreya dushanba kuni ertalab Yapon dengizi tomon uchta ballistik raketa uchirdi. Ular Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushib qolgan, deb xabar berdi Kyodo agentligi.
Pxenyan mahalliy vaqt bilan soat 7:44 da ikkita raketani, 8:21 da yana bir raketani uchirdi. Ularning barchasi maksimal 50 km balandlikda taxminan 350 km masofani bosib o’tdi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida, «Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarini buzadigan so‘nggi ballistik raketalarni uchirishni keskin qoralaydi», dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreyaning harakatlari Yaponiya va butun mintaqa tinchligi va xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qo‘shinlarni tayyorlashni kuchaytirishni buyurganini yozgan...