Oʻzbekistonlik erkin kurashchi Razambek Jamalov (-74 kg) yarim finalga chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekistonlik sportchi chorak final bahsida albaniyalik Chermen Valiyevni magʻlubiyatga uchratib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Endi u final yoʻllanmasi uchun tojikistonlik Viktor Rassadinga qarshi kurashadi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik gimnastikachi qizlar ham final bahslariga yoʻllanma oldi. Guruh mashqi yoʻnalishining saralash bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 64.000 ball bilan 7-oʻrinni egallashdi. Bu orqali ular ertaga boʻlib oʻtadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
Oʻzbekistonlik sportchilar Olimpiya oʻyinlarida suvga sakrash dasturida ham debyut qildi. 10 metrli platformadan sakrash boʻyicha ishtirok etgan Igor Myalin saralashda...