Endi Qozog‘istonda qiz olib qochganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev shu mazmundagi qonunga imzo chekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Imzolangan qonunga ko‘ra, quyidagi bir qator kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi:
Jinoyat kodeksi; Jinoyat-protsessual kodeksi; Jinoyat-ijro kodeksi; «Nikoh va oila to‘g‘risida»gi kodeks; «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi qonun; «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi hamda boshqa bir qancha qonunlarga tuzatishlar kiritildi.Aqorda ma’lumotiga ko‘ra, tuzatishlarning birinchi qismi jinoyat qonunchiligining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Ikkinchi qism jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va ayrim ijtimoiy xavfli harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zlaydi. Uchinchi qism fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga va jarayonni optimallashtirishga, to‘rtinchi qism esa jinoyat-ijro...