Apple kompaniyasi an’anaviy tarzda har yili sentabr oyida yangi iPhone modellari taqdimotini o‘tkazadi. Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 17 seriyasi 2025-yil 8-sentabr kuni namoyish etilishi kutilmoqda.
Taqdimotning aniq sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Biroq ehtimoliy sanalar sifatida 8, 9 yoki 10-sentabr ko‘rsatilmoqda.
Yangi avlod iPhone’lar quyidagi modellardan iborat bo‘ladi:
iPhone 17; iPhone 17 Air (avvalgi Plus o‘rniga); iPhone 17 Pro; iPhone 17 Pro Max.Air modeli Plus o‘rnini egallaydi, chunki u avvalgi seriyada eng kam sotilgan telefon bo‘lgan. Apple bu yangi nom bilan ko‘proq xaridor jalb etishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple bir nechta qurilmalarni...