Rossiyaning 201-harbiy bazasiga tegishli harbiy xizmatchilar «Hamkorlik – 2025» qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda TASS agentligi ma’lum qildi.
Mashg‘ulotlar Termiz poligonida o‘tkaziladi. 2004-yildan buyon Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza askarlari O‘zbekistondagi mashg‘ulotlarda qatnashish uchun 300 km masofani zirhli texnika va maxsus mashinalarda bosib o‘tishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, «Hamkorlik – 2025» mashg‘ulotlari 15-iyuldan 21-iyulgacha davom etadi. Unda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari kichik qurolli guruhlarni aniqlash va ularning pozitsiyalarini egallash bo‘yicha taktik mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Global Firepower reytingining 2025-yilgi natijalariga ko‘ra, Rossiya armiyasi kuch jihatidan dunyoda 2-o‘rinda turadi. Mamlakatning harbiy xarajatlari $126 mlrdga baholangan. Rossiya qurolli...