Xitoyning Guizhou provinsiyasida dunyodagi eng baland — Huatszyan darasi ustidan o‘tuvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Inshoot Beipanjyan daryosidan 625 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu San-Fransiskodagi «Oltin darvoza» (Golden Gate) ko‘prigidan qariyb to‘qqiz baravar baland. Qurilish ishlari uch yil davom etdi. Ko‘prikning umumiy uzunligi 2,9 ming metrni, asosiy oraliq qismi esa 1,4 ming metrni tashkil etadi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, bu tog‘li hududda qurilgan dunyodagi eng yirik po‘lat fermali osma ko‘prik hisoblanadi.
Avvalgi rekord ham Beipanjyan daryosi ustidan o‘tuvchi, 565,4 metr balandlikdagi ko‘prikka tegishli edi. Yangi ko‘prik transport aloqasini sezilarli darajada yengillashtirdi: endi darani kesib...