Amerikaning Lucid Motors kompaniyasining Lucid Air elektromobili bir zaryad bilan 1205 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Bu natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Rekord Shveysariyaning Sen-Morits shaharchasidan boshlanib, Germaniyaning Myunxen shahrigacha bo‘lganYevropa avtoprobegi chog‘ida qayd etildi. Yo‘l marshruti murakkab tog‘li serpantinlardan, to‘g‘ri va tezkor harakat uchun mo‘ljallangan avtobanlargacha bo‘lgan turli yo‘l turlarini qamrab oldi.
Bu esa testni real hayotga maksimal darajada yaqinlashtirdi va mashinaning barcha sharoitlardagi samaradorligini sinovdan o‘tkazdi.
Lucid Air Grand Touring modeli ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida bir zaryad bilan 960 kilometr bosib o‘tishi ko‘rsatilgan. Biroq ushbu real sinovda mashina rasmiy ko‘rsatkichdan...