«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan haftada turli dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.
4-yanvardan 10-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi 1,7 foizga oshdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Kvarts» (+15,78 foiz), «Oʻzbekneftgaz» (+8,11 foiz) va «Turon bank» (+7,76 foiz) band qildi.
Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Oʻzsanoatqurilishbank» (-9,24 foiz), «Qizilqumsement» (-7,36 foiz) va «Oʻzbektelekom»(-3,36 foiz) kompaniyalarining aksiyalari joy oldi.
Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (828 ta), «OʻzRTXB» (811 ta) va «Aloqabank» (776 ta) egalladi.