2024-yilda Oʻzbekiston korxonalari tomonidan 31 trillion soʻmlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oʻtgan yili mamlakatga $1,3 milliardlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qildi. Tarmoqqa kiritilgan investitsiyalar hajmi esa $516 millionga yetdi.
«Oʻzeltexsanoat» uyushmasining rejalariga koʻra, bu yil $4 milliardlik 290 ta loyiha ishga tushiriladi. Elektrotexnika ishlab chiqarishni rivojlantirishga $600 million investitsiya jalb qilinadi.
Bunda mahalliylashtirish dasturlaridan foydalanish muhim. Masalan, bu yil mamlakatda $75 milliardlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shuning $28 milliardini mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplash mumkin.
Shuningdek, endilikda tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish moʻljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yoʻlga...