«O‘zagrosug‘urta»ning 99,35 foizlik aksiyalar paketi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Ushbu aktivni xususiylashtirish jarayoniga mahalliy va xorijiy investorlar teng asosda taklif etilmoqda. Savdolarda ishtirok etish uchun arizalar shu yilning 22-avgustigacha Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Jarayon qanday kechadi
Xususiylashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda investorlar o‘z qiziqishlarini bildirgan ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
kompaniya va uning egalariga doir ma’lumotlar; so‘nggi 3 yilga oid moliyaviy hisobotlar.Hujjatlar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida quyidagi elektron manzilga yuboriladi: jmamadjanov@deloitte.uz.
Yuborilgan arizalar moliyaviy barqarorlik, xalqaro sanksiyalar ro‘yxatida yo‘qlik...