O‘zbekistonda xususiylashtirilishi rejalashtirilgan uchta davlat banki — «Asakabank», «SQB» va «Aloqabank»ni sotish muddati 2025-yilgacha cho‘zildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev banklarni xususiylashtirish muddatlarini uzaytiruvchi farmonni imzoladi.
Reja bo‘yicha «SQB»dagi davlat ulushi 2022-yilda sotilishi kerak edi. Ammo bu muddat bir necha marta ortga surildi va hali ham amalga oshmagan.
Markaziy bankning sobiq raisi Mamarizo Nurmurodov 2023-yil aprel oyida «Asakabank» va «SQB»ni xususiylashtirish kelishuvlari yakunlanayotganini ma’lum qilgandi. Ammo qat’iy talablar sabab bu kelishuvlar yakuniga yetmadi.
Hukumat 2024-yildan boshlab ushbu banklarning Tashkent City’dagi bosh ofislarini sotishga urinmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda banklarni xususiylashtirish kechroq muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Fitch...