Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi yuqori darajali haftaligi doirasida «Onkologik va boshqa og‘ir kasalliklardan aziyat chekayotgan bolalarning yashab qolish darajasini oshirish va ularning iztiroblarini kamaytirish bo‘yicha global harakat» forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), St. Jude bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi hamda Zamin jamg‘armasi hamkorlikda tashabbuskor bo‘ldi. Forumga Zamin xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva raislik qildi.
O‘z nutqida Mirziyoyeva dunyoda ikki milliarddan ortiq bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingani yoki ularga duch kelish xavfi ostida ekani, millionlab bolalar esa onkologiya bilan kurashayotganini qayd etdi. U rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi yashab...