O‘zbekistonning limon eksporti o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – may oylarida xorijga qiymati $2,8 millionga teng bo‘lgan 1 740 tonna limon eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77 tonnaga yoki 4,6 foizga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1 051 tonna; Qozog‘iston – 603 tonna; Qirg‘iz Respublikasi – 81 tonna; Boshqa davlatlar – 5 tonna.O‘zbekistonda limon qancha
So‘nggi vaqtlarda limon O‘zbekiston bozorida narxi eng tez oshgan mahsulot bo‘ldi. Narx bir yo‘la 65 foizga ko‘tarildi. Bu haqda East Fruit...