Geely kompaniyasi 4-iyul kuni Geely Galaxy E5 modeli (xorijda EX5 nomi bilan tanilgan) elektromobilining umumiy savdosi 150 ming donadan oshganini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Model 2023-yil avgustida Xitoyda ilk bor taqdim etilgan. 2024-yilning o‘zida 77 ming dona avtomobil yetkazib berilgan.
Model sakkiz xil tashqi rangda taklif etiladi: qizil, pushti, kulrang, yashil, oq, kumush, ko‘k va qora.
Xorijiy bozorlarda EX5 nomi ostida sotilayotgan avtomobil Gretsiya, Indoneziya, Tailand, Avstraliya va Adriatika davlatlariga eksport qilinmoqda.
Geely Galaxy E5 GEA (Global Electric Architecture) platformasida ishlab chiqilgan. Uzunligi 4615 mm, eni 1901 mm, balandligi 1670 mm. G‘ildirak bazasi esa...