AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy hududida UFC turniri o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Aralash jang san’atlari bo‘yicha janglar 2026-yilda AQShning 250 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirga taxminan 20 – 25 ming tomoshabin yig‘ilishi kutilmoqda.
«Kim UFC’ni ko‘radi? Dana Uaytni bilasizmi? Biz UFC jangini o‘tkazmoqchimiz. O‘ylang-a, biz UFC jangini – Oq uy hududida o‘tkazamiz. Bizda u yerda yetarlicha yer bor», – dedi Tramp.
Xabarga ko‘ra, turnirni Oq uy oldidagi maysazor maydonida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, AQSh hukumati hozircha rasmiy ruxsat bermagan, Milliy bog‘lar xizmati va UFC ham...