Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashingtonda bir qator yuqori darajadagi ishbilarmon uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
U AQSh Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovich bilan uchrashib, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, AT va muhim minerallar sohalaridagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Eksimbank mamlakatimiz aviaparkini modernizatsiya qilish va «Boeing» samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Eksimbank o‘rtasida qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim almashildi.
Shavkat Mirziyoyev DFC bosh direktori Ben Blek bilan uchrashib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma investitsiya platformalarini...