AQSh hukumati joriy qilgan yangi bojxona tariflari global savdoga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, biroq O‘zbekiston uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochishi ehtimoli ham bor. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov o‘z LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, AQSh bojxona tariflari uch toifaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston 10% qo‘shimcha boj stavkasi joriy etilgan mamlakatlar qatoriga kiritildi. Biroq asosiy global ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Xitoy (64%), Vyetnam (46%) va Hindiston (26%) uchun yanada yuqori tariflar belgilandi.
Bu holat O‘zbekistonning qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tarmoqlari, xususan, to‘qimachilik va tayyor mahsulotlar eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Shuningdek, AQSh bozorida raqobatchi davlatlarning mahsulotlari...