Saudiya Arabistonida navbatdagi hashamatli dam olish maskani qurilishi yakunlandi. Shebara Resort nomli ushbu loyiha Qizil dengiz ustida yaltirab turgan kapsula shaklidagi villalar majmuasidan iborat.
Shebara Resort Dubaydagi mashhur Kelajak Muzeyi loyihasini yaratgan Killa Design kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Interyerlari esa Studio Paolo Ferrar tomonidan bezatilgan. Kurort Saudiyaning Tabuk sohilidan uzoqda, yakka holda joylashgan bo‘lib, u yerga dengiz samolyoti orqali boriladi.
Kurort jami 73 ta villadan iborat: 38 tasi dengiz ustidagi villalar, 35 tasi esa quruqlikdagi uylar. Dengiz ustidagi villalar zanglamaydigan po‘latdan yasalgan pod shaklidagi ko‘rinishga ega. Ular xuddi dengiz ustida suzib turgandek tuyuladi, aslida esa ularni maxsus konstruksiya ushlab...