Mercedes «raketa» tezligiga o‘xshash yangi elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Uchinchi avlod axial-flux motorlar umumiy 1 340 ot kuchi (985,5 kVt)ga ega va 220 mil/soat (354 km/soat) maksimal tezlikka erisha oladi.
Yangi axial-flux motorlar oddiy motorlarga qaraganda kichikroq, yengilroq va samaraliroq ishlash uchun yaratilgan. Hozirgi ko‘pchilik elektromobillarda radial-flux dizayni qo‘llaniladi – unda trubasimon stator motor miliga perpendikulyar tarzda aylanadi. AMG’ning axial-flux motorlarida esa disk shaklidagi stator milga parallel tarzda aylanadi. Bunday dizayn natijasida motor oddiy dizaynli motorlarga qaraganda 67% kichikroq va yengilroq bo‘ladi. Bu esa 3 barobar yuqori quvvat zichligi va 2 barobar...