Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer jamoasiga yangi yuqori malakali dasturchi qidirilayotganini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tanlab olingan mutaxassisga yiliga $1 million maosh taklif etiladi. Bu texnologiyalar sohasida eng yirik ish haqlaridan biri hisoblanadi.
Nomzod tanlov asosida saralanadi. Faqatgina Durov tomonidan tayyorlangan maxsus kod yozish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganlar suhbatga chaqiriladi.
Sinov shartlari, texnik topshiriqlar va talablar Telegram tomonidan ochilgan maxsus sahifada batafsil ko‘rsatilgan.
«Menga haqiqiy koding qahramoni kerak. Bu oson ish emas – siz xavfsiz, samarali va tezkor kod yoza olishingiz kerak», – deya izoh berdi Durov.
Tanlov 2025-yil 11-iyulga qadar davom...