Yozgi issiqda AQShda qaysi elektromobillar yaxshi ishlashi bo‘yicha 29,7 mingdan ortiq avtomobilning ishlash ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bu tahlil Recurrent Auto kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgani haqida Electrek nashri xabar berdi.
Tadqiqotga ko‘ra, 32 daraja issiqda aksariyat elektromobillar bor-yo‘g‘i 5 foizgacha quvvat yo‘qotadi. Biroq harorat 37 darajadan oshganda, yo‘lovchilar uchun konditsioner ishlayotgani sababli quvvat yo‘qotish darajasi 17-18 foizga yetadi.
Eng yaxshi natija ko‘rsatgan elektromobillar
Tahlilga ko‘ra, Audi e-tron issiq havoda 483 kilometr o‘rniga 473 kilometr yo‘l bosgan. Natijada atigi 2 foiz quvvat yo‘qotgan. BMW i4 va Rivian R1S ham shunga yaqin natijalarni ko‘rsatdi. Mos ravishda 484 kilometr va 517 kilometr masofadan...