2025-yil 23-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi ilk bor Samarqand – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aviaqatnovni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Bu tarixiy parvoz bo‘lib, avval hech bir o‘zbek aviakompaniyasi bu ikki shahar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni yo‘lga qo‘ymagan edi.
Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Rossiyaning Primorskiy o‘lkasi o‘rtasida muhim havo koridorini ochadi. Bu ishbilarmonlik, turizm va gumanitar safarlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Parvozlar zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Vladivostok aeroportida ilk reys tantanali kutib olindi. Tadbirda Rossiya Turizm va Transport vazirliklari, O‘zbekiston Konsulxonasi va Primorskiy o‘lkasi gubernatori Oleg...