Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yil may oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi. Shuningdek, 17 ta tijorat banki qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun chora va sanksiyalar bilan ogohlantirildi.
Qo‘mita may oyida jami 8 marotaba yig‘ilish o‘tkazdi va 37 ta masalani ko‘rib chiqdi. Ulardan 18 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga taalluqli. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
3 ta kredit tashkiloti ustaviga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, 4 ta yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga olish yoki chiqarish, 4 ta holatda ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat, 7 ta tijorat banki kuzatuv kengashi, boshqaruvi a’zolari va...