Ayrim veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini navbatsiz sotib olish mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Kursiv Uzbekistan nashri «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.
Cobalt Midnight’ni navbatsiz, hisob-faktura bilan sotib olish mumkinmi?
«Yo‘q, Cobalt Midnight avtomobilini navbatsiz sotib olishning imkoni mavjud emas», – deya qayd etdi «O‘zavtosanoat».
Narxlarni dilerni o‘zlari belgilamoqdami?
«Yo‘q. Dilerlik markazlari avtomobillar narxini mustaqil belgilash huquqiga ega emas. Savdo faqatgina UzAuto Motors tomonidan belgilangan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar mijoz xohishiga ko‘ra avtomobilga qo‘shimcha qurilmalar yoki jihozlar (masalan, gaz ballon uskunasi, g‘ilof, masofaviy kalit va boshqalar...